Letra
Elige hasta seis versos para crear una tarjeta.
Kirish
RE.M
Naqarot: Boriy
Oʻ, soʻnggi bor talpinaman sen tomon
Yana yomon menga, omon qolishim bir gumon, oʻ-oʻ-oʻ-oʻ
Oʻ, soʻnggi bor talpinaman sen tomon
Yana yomon menga, omon qolishim bir gumon, oʻ-oʻ-oʻ-oʻ, oʻ-oʻ-oʻ-oʻ
Koʻplet: Konsta
Esliman oʻzimni: oʻn toʻqqiz, kollej
Orzuim — taniqli boʻlish
Hech qachon boʻlmidi balansda nol
Ish xohlagan vaqtimda yoki dam olish
Yo keta qolish sohillar oldiga
Bu orzularim koʻp yillar oldingi
Oʻylar edim: baxt sotilar oltinga
Bilmay, qanday toshlar otilar ortingdan
Oʻylar edim: taniqli — sevimli demak
Pul, e’tibor — baxtga shu yetmidimi?
Keyin esa orzu yoʻqotdi ta’mini
Hammasi bilan choʻkayotib, gʻing demay
Atrofingda minglab odam — yolgʻizsan
Tuygʻular hammasi bir ahvol, hissiz
Qudratli koʻrinasan-u, holsizsan
Minglar ketib, ikkitasi qolsa, sen
Tushunib yetasan: baxt boshqa narsada
Yashab oʻtib, olib hayotni darsini
Ketadi bu chalgʻitgan narsalar seni
Har yerda bor qiyinchilik, boʻlar sinov
Boylarda ham pul yetmay qolar ba’zida
Yulduzlar ham yolgʻiz qolar xonasida
Oldinlar ham koʻp armonim qolmas edi
Balansda shuncha nollarim boʻlmasada
Koʻprik: Konsta
Oʻn yillik yoʻlni bosib oʻtguncha
Tushundim: bu orzular — oʻtkinchi
Har doim shu dard ichimda yotgan jim
Tanilgan sari, oʻzimdan ranjib
Oʻzingi topish — hammasidan muhimi
Axir yulduz boʻlavermaydi-ku hamma
Ol pulimni, shon-shuhratimni, mayli
Men faqat oʻzimni yoʻqotishdan qoʻrqaman
Naqarot: Boriy
Oʻ, soʻnggi bor talpinaman sen tomon
Yana yomon menga, omon qolishim bir gumon, oʻ-oʻ-oʻ-oʻ
Oʻ, soʻnggi bor talpinaman sen tomon
Yana yomon menga, omon qolishim bir gumon, oʻ-oʻ-oʻ-oʻ, oʻ-oʻ-oʻ-oʻ
Selecciona líneas para compartirlas. Puedes seleccionar hasta 6 líneas. Las flechas te mueven entre líneas, Espacio selecciona, Mayúsculas con las flechas selecciona un rango y Escape borra la selección.
