
الكلمات
اختر حتى ستة أسطر لتصنع بطاقة.
Axror Alixonov - Studentman
RE.M
Verse 1
Ertalab bir qiz yo'limdan chiqdi
Uni ko'rib yo'lim esimdan chiqdi
Xayolim oldi, o'tib ketdi men kutgan avtobus
Chap tomonda oq vaybi bo'ldi sanchiqdek
Agar hozir gapirsam, menga qaramasa-chi?
Axir menda Ippodrom bo'lsa, unda Versace
Har doim o'tgan hazillarim yaramasa-chi?
Xo'p, keyin nima qilaman, номерini bersa-chi?
Pre-Chorus
Qo'y, kerakmas, tinchgina yasha
Ko'rpanga qarab qadam tasha
O'zi tashvish boshingdan osha
— Top o'zingga yarasha
Chorus
Men shunchaki studentman yo'ldagi
Usti-boshimdan qimmat soati qo'lidagi
Suvga ob kiromasam, gullar oberomasam
Shunchaki student bo'lsam ham seva olasanmi?
Shunchaki studentman yo'ldagi
Usti-boshimdan qimmat soati qo'lidagi
Центрda turmasam ham, Gentra'da yurmasam ham
Shunchaki student bo'lsam ham, birga qolasanmi?
Verse 2
Xuddi bir umr bilgandim seni
O'zim bilmay eslagandim seni
Xayolda tasavvur qilgandim seni
Tilimni yutdim bir bora ko'rganda seni
Pre-Chorus
Qo'y, kerakmas, tinchgina yasha
Ko'rpanga qarab qadam tasha
O'zi tashvish boshingdan osha
— Top o'zingga yarasha
Chorus
Men shunchaki studentman yo'ldagi
Usti-boshimdan qimmat soati qo'lidagi
Suvga ob kiromasam, gullar oberomasam
Shunchaki student bo'lsam ham seva olasanmi?
Shunchaki studentman yo'ldagi
Usti-boshimdan qimmat soati qo'lidagi
Центрda turmasam ham, Gentra'da yurmasam ham
Shunchaki student bo'lsam ham, birga bo'lasanmi?
حدّد أسطرًا لمشاركتها. يمكنك تحديد 6 أسطر كحد أقصى. تنقّل بين الأسطر بمفاتيح الأسهم، واضغط المسافة للتحديد، وShift مع الأسهم لتحديد نطاق، وEscape لمسح التحديد.