Skip to content
Cover art for Dunyo

Song

Dunyo

Konsta

Qiymat, 2025, Uzbek

Lyrics

Pick up to six lines to make a card.

Dunyo hammani oʻzgartirishga urinadi
Odamlar qoʻldan kelgancha boy koʻrinadi
Guruhlar, tabaqa, statuslarga boʻlinadi
Qoʻshni och boʻlsayam, yangi Ayfonga toʻlanadi
Aytishlaricha, yulduzman, lekin yuraman piyoda
Hayron qolishli joyi yoʻq, men ham oddiy odam
Menga aytishadi: «Statusga toʻgʻri kelmidi»
Lekin insonni statussi aniq temirdan ziyoda
Taksidan tushdim, Alpomish, Odamlar ucha olar
Farqi yoʻq, tagingda nima uchish senga havola
Dunyo ta’sir oʻtkazmoqchi, hamma seni davolar
Hamma bir xil boʻb ketaversa, kim tarixda qolar?
Instagramda hamma narsa xuddi sotishga
Motivatsion videolarni koʻrib yotishga
Oʻqishingni tashla, bor kuchingni ot ishga
Pulli тема boʻlsa, hamma shunga yopishgan
Yoʻq, shart emas hamma bilan bir xil boʻlish
Koʻp gapirma, ishlab, uying uchun toʻla
Toʻq boʻlsa nafs, hayoting boʻladi toʻla
Oʻxshash emas, top oʻzingni yoʻling
Yoʻq, shart emas hamma bilan bir xil boʻlish
Koʻp gapirma, ishlab, uying uchun toʻla
Toʻq boʻlsa nafs, hayoting boʻladi toʻla
Oʻxshash emas, top oʻzingni yoʻling
Qoʻlimdagi soat, narxidan xabarim yoʻq
Krossovkam butun, ortda qoldi yarim yoʻl
Oʻxshidiymi, yoʻqmi — farqi yoʻq, yoqadi jarayon
Ortimda qandaydir heyterlarmas, ortimda район
Instagram baxtni просмотр'da hisobladi
Sanab chiqishadi qancha begona bisotlarda
Hamma yoʻllar har xil, qiyinchilik topiladi
Qoʻlingdan nimalar keladi? Xudo biladi
Dunyo koʻrsatadi baxtni katta kapitalda
Motivator senga yoqish uchun gapi dalda
Insta — boy-da, boymi Instragrami kabi qalbi?
Qoʻshiqlarda hamma yomon deydi xar bitta albom
Aniq yaxshi-yomon yoʻq — hamma narsa nisbatan
Juda katta Somon yoʻl, biz bir nuqtamiz faqat
Bir xil boʻlish shart emas, har xil hammamizda qalb
Hamma narsa nisbatan, hamma narsa nisbatan
Yoʻq, shart emas hamma bilan bir xil boʻlish
Koʻp gapirma, ishlab, uying uchun toʻla
Toʻq boʻlsa nafs, hayoting boʻladi toʻla
Oʻxshash emas, top oʻzingni yoʻling
Yoʻq, shart emas hamma bilan bir xil boʻlish
Koʻp gapirma, ishlab, uying uchun toʻla
Toʻq boʻlsa nafs, hayoting boʻladi toʻla
Oʻxshash emas, top oʻzingni yoʻling