Zum Inhalt springen
Cover von Uy

Song

Uy

Konsta, Alinur

Qiymat, 2025, Usbekisch

Songtext

Wähl bis zu sechs Zeilen für eine Karte aus.

Samo, samo
Sen bilan qanotsiz parvoz etay
Davo, davo
Yonimda izlasang, darmon boʻlay (A; samo)
Uy qurayapman, kelasan deb qachondir
Yashiraman sogʻinchimni, qoyillatib
Hammamiz birga yigʻilsak, bitta jondek
Nonushta qilsak, bir toʻliq oiladek
Uy qurayapman kuni kelib saharda
Qahva damlab, seni uygʻotish uchun
Boshimdan koʻp ishim boʻlsa ham shaharda
Kun boʻyi uyda birga yotish uchun
Uy qurayapman, oʻzimni ovutib
Yashaymanmi oʻzi unda? Savol bejavob
Axir sen ketding, xonamni sovutib
Ortingdan ketgim keldi necha bor
Uy qurayapman, biroz ogʻir, qiyin
Dimogʻimga toʻlsa chang, chidab
Lekin hammasi boʻladi bir tiyin
Agar sen boʻlmasang ichida
Samo, samo
Sen bilan qanotsiz parvoz etay
Davo, davo
Yonimda izlasang, darmon boʻlay
Samo