Songtext
Wähl bis zu sechs Zeilen für eine Karte aus.
Koʻplet 1
Ba’zan charchaganda meni chaqiradi baza
Yoʻlga otlanaman, ishlarimni boshqa kunlarga oʻtkazib
Koʻngildan oʻtmay qolganida hazil
Onam bilan bittadan чашка кофе — bu pazl
Faqat ish bilan, pul bilan butun boʻlmaydi
Xohlagancha inkor et, sogʻinchni yutib boʻlmaydi
Sumkada kerakli narsalar: pul, mayda
Bir soat, qiriq минут yoʻl, shopir kulmaydi
Yoʻlda olaman patir, ayamga u yoqadi
Koʻngil isishni boshlidi, mayda narsalarda qadr
Shopir begona emas, u biladi
Qancha yoʻl bosib oʻtilgan axir, bu kunlarga yetgancha
Qancha yoʻqotishlar boʻldi, yoʻq boʻb ketgancha
Jim ketamiz, Gulistonga yetgancha
Naqarot
Meni Gulistonim
Oʻn toʻqqiz yoshimda yaqinda qaytaman deb, hatladim ostonam
Meni Gulistonim
Oʻzingdan boshlanadi butun dunyoga yetgan dostonim
Meni Gulistonim
Birinchi muhabbatim, birinchi toʻkilgan qonim
Meni Gulistonim, meni
Meni Gulistonim
Koʻplet 2
Men izladim uzoq, izlarim — uzun yoʻl
Yozaman deb музон, izladim oʻzimni
Topaman deb sevgim, muzladi bu koʻngil
Topdim-u, lekin bu imkoniyatim soʻnggi
Men shu yerda topdim deb oʻylagan edim doʻstlar
Har kuni barma bar yurib, aytilardi tostlar
Keyin esa boshlanadi ogʻir ishlar oyi
Doʻstlar yoʻqolib qoldi, yoʻqolganda sharoit
Qoʻlimda togʻora somsani sotishga harakat
Oldin shu koʻchani yarimi oʻzimga qaragan
Kompyuterxona admini haydaydi tashqariga
Kecha sevimli mijoz, endi qaragin
Koʻcha hamma oʻzimniki, begona yoʻq
Bu kunlar ham menga ja ogʻir kelgani yoʻq
Bir kuni past, bir kuni baland boʻlar ekan yoʻl
Просто qizlarga salom desam, salom degani yoʻq
Naqarot
Meni Gulistonim
Oʻn toʻqqiz yoshimda yaqinda qaytaman deb, hatladim ostonam
Meni Gulistonim
Oʻzingdan boshlanadi butun dunyoga yetgan dostonim
Mеni Gulistonim
Birinchi muhabbatim, birinchi toʻkilgan qonim
Meni Gulistonim, meni
Meni Gulistonim
Koʻplet 3
Odamlar shoshadi kichkina muammolari bilan
Lеkin issiq suvsiz choʻmilishni bari bilar
Mirzachoʻlni Guliston qilgan gullari bular
Chiroyli odamlari va salkam harobalar
Bu koʻchani nomi «Asfalt koʻcha» haligacha
Tekis yoʻllar yetib kelmadi bu mahallagacha
Esimni taniganimdan beri shu ahvol
Oʻzgarishlar yoʻq va koʻrinmidi hali yechim
Naqarot
Meni Gulistonim
Oʻn toʻqqiz yoshimda yaqinda qaytaman deb, hatladim ostonam
Meni Gulistonim
Oʻzingdan boshlanadi butun dunyoga yetgan dostonim
Meni Gulistonim
Birinchi muhabbatim, birinchi toʻkilgan qonim
Meni Gulistonim, meni
Meni Gulistonim
Wähle Zeilen aus, um sie zu teilen. Du kannst bis zu 6 Zeilen auswählen. Mit den Pfeiltasten wechselst du zwischen Zeilen, die Leertaste wählt aus, Umschalt mit den Pfeiltasten wählt einen Bereich, Escape hebt die Auswahl auf.
